Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining faol, tashabbuskor hamda ijodkor talabalari diqqatiga!
Institutimizda iqtidorli va tashabbuskor talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, "Eng yaxshi startap loyihalar" tanlovi e’lon qilindi.
Ushbu tanlov sizga o‘z mutaxassisligingiz doirasida ishlab chiqqan eng kreativ va innovatsion startap g‘oyalaringizni namoyish etish imkoniyatini beradi. Agar sizda yangi loyiha, zamonaviy dizayn yechimi yoki san’at va kreativ industriya yo‘nalishida istiqbolli tashabbus bo‘lsa — ushbu tanlov aynan siz uchun!
Tanlov shartlari:
Har bir ishtirokchi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlangan startap loyihasi bilan qatnashadi.
Loyiha kreativ yondashuv, innovatsion g‘oya va amaliy ahamiyatga ega bo‘lishi lozim.
Loyihalar 2026-yil 1-aprel kuniga qadar qabul qilinadi.
Eng yaxshi startap loyihasi muallifi institut rahbariyati tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qo'shimcha ma'lumot va savollar bo‘yicha Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limiga uchrashishingiz yoki @shaxzod_1510 telegram manziliga murojaat qilishingiz mumkin!