2026-yil 30-yanvar kuni soat 15:00 da, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida institutimizning Tasviriy san'at fakulteti “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Asliddin Kalonov hamda shogirdlarining "Estampning qaytishi" deb nomlangan guruhli ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi!


O‘qituvchi: “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi professori, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Asliddin Kalonov.


Ko‘rgazma ochilish vaqti: 2026-yil 30-yanvar Soat 15:00.


Manzil: Toshkent shahri, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 37A-uy.


Barcha professor-o‘qituvchilar hamda talabalarni Asliddin Kalonov va iqtidorli talabalarimizning guruhli ko‘rgazmasiga taklif etamiz!