Festivalda ishtirok etishni istagan nomzodlar 2026-yilning 1-fevraliga qadar Festivalda qatnashish uchun Tashkilotchilarga quyidagilarni topshiradi: 

 maʼlumotnoma (rezyume);

3 dona 6x9 oʼlchamdagi rangli fotosurat;

tasviriy sanʼat sohasida yetarli tajribaga ega ekanligi, respublikamizda yoki boshqa chet elda oʼtkazilgan sohaga oid festivallar va koʼrgazmalarda ishtirok etganligi toʼgʼrisida guvohnoma, diplom, sertifikat nusxalari;

 nomzodning oʼzi ijod qilgan tasviriy sanʼat yoʼnalishidagi ijodiy asarlarining 10 donadan kam boʼlmagan sifatli fotosuratlari va ularni yaratish jarayonlari aks ettirilgan elektron nusxa.


Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Sharof Rashidov koʼchasi, 40-uy, Badiiy koʼrgazmalar direktsiyasi binosi.     Аloqa uchun telefonlar: (71) 256-51-46


Festivalda ishtirok etish uchun nomzodlar rangtasvir, badiiy foto, haykaltaroshlik va grafika yoʼnalishlarida ijodkor sifatida yetarli tajribaga ega boʼlishi maqsadga muvofiq.

Festival quyidagi nominatsiyalar boʼyicha oʼtkaziladi:


“Gran-pri”; 

“Eng yaxshi rangtasvirchi rassom”; 

“Eng yaxshi haykaltarosh”;

“Eng yaxshi fotorassom”; 

 Eng yaxshi grafik rassom”.


Festival gʼoliblari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʼasi sifatida Oʼzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan yengil avtomobil (Chevrolet Onix yoki shu klassdagi boshqa avtomobil-Gran-pri sohibiga), diplom, Festival ramziy haykalchasi va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Festivalning har bir ishtirokchisiga Tashkiliy qoʼmita tomonidan “Rassomlar festivalining faol ishtirokchisi” sertifikati beriladi.

 Maʼlumot uchun aloqa raqami: (71) 256-51-46, (71) 256-05-47, (71) 232-17-66