Asosiy kontentga o'tish

Ekofaol yoshlar — yashil kelajak sari

Joriy yilning 11-aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Ekofaol yoshlar — yashil kelajak sari” shiori ostida keng ko‘lamli hashar tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, hududlarni obodonlashtirish, ekologik muhitni yaxshilash, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirish va tabiatga nisbatan mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida institut hududida joylashgan yo‘laklar, yashil hududlar va jamoat joylarida keng ko‘lamli tozalash ishlari olib borildi. Talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar faol ishtirokida chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud tartibga keltirildi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, turli manzarali daraxt va gul ko‘chatlari ekildi, mavjud yashil hududlar parvarish qilindi.

 

1.png

2.png

 

MRDI Logo MRDI