Asosiy kontentga o'tish

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan xayriya va ijtimoiy ko‘mak aksiyasi tashkil etildi.!

Aksiya doirasida, xodimlar va talabalar institutimiz joylashgan Baynalminal mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniy otaxon va onaxonlar holidan xabar olinib, ular bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi.

💬 Tashrif davomida keksa avlod vakillarining turmush sharoiti va kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishilib, volontyor talabalar tomonidan xonadonlarni obodonlashtirish va maishiy ishlarda amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu ezgu tashabbus jamiyatda mehr-oqibat, hurmat va ehtirom muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Mazkur aksiya yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda insonparvarlik va kattalarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

3.png

4.png

5.png

MRDI Logo MRDI