Bugun institutimizda “Science and innovation” xalqaro ilmiy jurnali bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston san’atshunosligida dolzarb masalalar: nazariya va amaliyot” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Konferensiyaning ochilish marosimida institutimiz rektori Omonulla Salixov so'zga chiqib, ishtirokchilarni qutladi hamda mazkur konferensiyaning ahamiyati to'g'risida so'z yuritdi.
Konferensiyaning asosiy ma'ruzalar qismi institutimiz San'atshunoslik va amaliy san'at fakulteti, San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi professori, san’atshunoslik fanlari doktori Dilafruz Qodirova moderatorligida o'tkazilib, tashkiliy jarayonlarga San’at tarixi va nazariyasi kafedrasi dotsenti Xurshida Xayitboboyeva koordinatorlik qildi.
Konferensiya ishtirokchilari tasviriy sanʼat fanlaridan mustaqil taʼlimni interaktiv tashkil etishda sunʼiy intellekt vositalaridan foydalanishning samaradorligi, amaliy-bezak san’ati ustalarini tayyorlash jarayonida badiiy muzeylar fondidan foydalanish samaradorligi, inklyuziv ta’lim jarayonida tasviriy san’atni o‘qitish kabi mavzularda ma’ruzalar taqdim etdi. Ilmiy-amaliy konferensiya mazmunli ilmiy muloqot va xalqaro tajriba almashinuvi ruhida o‘tdi.
Shuningdek, konferensiya dasturiga muvofiq ishtirokchilar institut ko‘rgazmalar zalida tashkil etilgan Rustam Xudayberganovning “O‘zimni izlab” nomli shaxsiy ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.