Institumizning barcha fakultetlari jamoalari o‘rtasida "Intellektual olimpiada" hamda "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida "Zakovat" intelektual o'yinlarining navbatdagi bosqichi tashkil etildi.
Murosasiz va bilimlar bellashuvi tarzida o‘tgan turnirda eng iqtidorli talabalardan tashkil topgan 10 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. Mantiqiy, san’at va umumiy bilimlarga oid qiziqarli savollar jamoalarda nafaqat chuqur bilim, balki bir jamoa bo‘lib harakat qilish ko'nikmasini shakllantirdi.
Qizg‘in kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, eng bilimdon jamoalar saralandi:
- 1-o‘rin: "Zukkolar" jamoasi
- 2-o‘rin: "Turkiylar" jamoasi
- 3-o‘rin: "Seylla" jamoasi
“Zakovat” intellektual o‘yinlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik va bilim olishga bo‘lgan intilishini rag‘batlantirish, shuningdek, talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhitni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.