Asosiy kontentga o'tish

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Bo'lim

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Bo'lim

Bo'lim haqida

Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot

Xalqaro hamkorlik bo‘limi institutning xalqaro aloqalarini rivojlantirish va xorijiy hamkorlikni kengaytirishga mas’ul tarkibiy bo‘linma hisoblanadi. Bo‘lim xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar hamda madaniy-ta’lim markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, qo‘shma loyihalar, akademik almashinuv dasturlari va xalqaro tadbirlarni tashkil etadi. Shuningdek, xorijiy talabalarni jalb qilish, xalqaro grant va stipendiya dasturlarida ishtirok etishni muvofiqlashtirish hamda institutning xalqaro nufuzini oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

Asosiy vazifalari

· Institutning xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish;

· Xorijiy oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar bilan memorandum hamda hamkorlik shartnomalarini tuzish ishlarini tashkil etish;

· Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv, stajirovka va akademik mobillik dasturlarini tashkil etish;

· Xorijiy talabalarni institutga jalb qilish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

· Xalqaro grant, stipendiya va ta’lim dasturlari haqida ma’lumot tarqatish hamda ularda ishtirok etishni tashkil etish;

· Institutning xalqaro reytinglardagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;

· Xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlarni tashkil etishda hamkorlik qilish;

· Xorijiy delegatsiyalar va mehmonlarni qabul qilish hamda rasmiy uchrashuvlarni tashkil etish;

· Institutning xalqaro faoliyatiga oid hujjatlar va rasmiy yozishmalarni yuritish;

· Xalqaro hamkorlik doirasidagi loyihalar ijrosini monitoring qilish va hisobotlar tayyorlash;

· Xorijiy professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar va san’at arboblarini jalb etib, ular ishtirokida darslar, mahorat saboqlari va seminarlar tashkil etish.

Murojaat qilish masalalari

Bo‘limga xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik o‘rnatish, akademik almashinuv, stajirovka va xalqaro ta’lim dasturlarida ishtirok etish, xalqaro grant va stipendiyalar haqida ma’lumot olish, xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha murojaat qilish mumkin. Shuningdek, xalqaro konferensiyalar, seminarlar, ko‘rgazmalar va forumlarda ishtirok etish, xorijiy delegatsiyalarning rasmiy tashriflarini tashkil etish, xalqaro loyihalar va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish hamda xalqaro faoliyatga oid takliflar va rasmiy yozishmalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinadi.


Bo'lim rahbari
TUPLIPOYANOVA ZULFIZAR BAXTIYOR QIZI

TUPLIPOYANOVA ZULFIZAR BAXTIYOR QIZI

Bo‘lim boshlig‘i

Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?

Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.

MRDI Logo MRDI