Tahririy-nashriyot bo‘limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot
Tahririy-nashriyot bo‘limi institutning ilmiy, o‘quv-uslubiy, badiiy va rasmiy materiallarini nashrga tayyorlash, tahrirlash hamda chop etish jarayonlarini tashkil etuvchi tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Asosiy vazifalari
· Nashrlarni ishlab chiqarishga topshirish rejasining bajarilishini ta’minlash;
· Kelib tushgan original maketlar va dastlabki nusxalarning sifatini nazorat qilish;
· Nashrlarning tahririy va ishlab chiqarish jarayonlaridan o‘tish muddatlarini maqbullashtirish hamda tayyor mahsulot sifatini oshirish choralarini ko‘rish;
· O‘quv adabiyotlari va boshqa materiallarning mazmuni, tili, uslubi hamda gap tuzilishini belgilangan tahririy qoidalarga muvofiqlashtirish;
· Materiallarni nashrga tayyorlash jarayonida mualliflar va tegishli tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlik qilish.
Murojaat qilish masalalari
Ilmiy, ijodiy va tahliliy maqolalarni institutning tegishli gazeta va jurnallarida nashr etish, shuningdek, materiallarni tahrirlash va nashrga tayyorlash masalalari bo‘yicha bo‘limga murojaat qilish mumkin. Taqdim etiladigan maqolalar dolzarb mavzuda, aniq va tushunarli shaklda rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Rahbar ma'lumotlari hozircha mavjud emas
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.