Reja-moliya bo'limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot
Reja-moliya bo‘limi institut faoliyatini moliyaviy rejalashtirish, xarajatlar smetasini ishlab chiqish, shtatlar jadvalini shakllantirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘lari harakatini tahlil qilish hamda monitoring olib borishga mas’ul tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
Asosiy vazifalari
· Kelgusi davrlar uchun budjet va budjetdan tashqari, jumladan to‘lov-kontrakt mablag‘lari hisobidan xarajatlar smetasini ishlab chiqish;
· Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan xarajatlar smetasida belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha foydalanilishini tahlil qilish;
· Institutning shtatlar jadvalini shakllantirish va undagi o‘zgarishlarni belgilangan tartibda hisobga olib borish;
· Reja-moliya ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash va yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdim etish;
· Ish haqi jamg‘armasi, stipendiyalar va boshqa xarajatlarni tahlil qilish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
· Smetada ko‘zda tutilgan mablag‘lardan maqsadli va oqilona foydalanilishini nazorat qilish, asossiz yoki ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
· Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatishga oid buyruqlar asosida shtat birliklari va xodimlar soni monitoringini yuritish;
· Smeta va shtatlar jadvali asosida xarajatlar tarkibini o‘rganish hamda rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarning amaldagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligini muntazam nazorat qilish;
· Bo‘lim faoliyatiga taalluqli boshqa topshiriqlarni belgilangan tartibda bajarish.
Murojaat qilish masalalari
Xodimlar shtatlar jadvalida belgilangan lavozim maoshi, ilmiy daraja va ilmiy unvon uchun to‘lovlar masalalari bo‘yicha, talabalar amaldagi stipendiya miqdorlari bo‘yicha, abituriyentlar va talabalar esa o‘qitishning to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha bo‘limga murojaat qilishlari mumkin.
Bog‘lanish raqami
+998 71 255 56 18
ISMOILOV UMID JALOLOVICH
Bo‘lim boshlig‘i
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.