Asosiy kontentga o'tish

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bo'lim

Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Bo'lim

Bo'lim haqida

Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot

Bo‘lim institut iqtidorli talabalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etadi, stipendiyalarga nomzodlarni saralash jarayonlarini muvofiqlashtiradi, turli tanlovlarni tashkil etadi hamda ushbu yo‘nalishga oid boshqa masalalarni hal etishda ishtirok etadi.

Asosiy vazifalari

· Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishga oid institut Kengashi qarorlari va rektor buyruqlari loyihalarini tayyorlashda bevosita ishtirok etish.

· Institutning iqtidorli talabalaridan iborat ilmiy jamoalariga vakolatli davlat organlari tomonidan davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida e’lon qilinadigan loyiha tanlovlarida samarali ishtirok etishlariga ko‘maklashish.

Murojaat qilish masalalari

Talabalar institut stipendiyalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, boshqa nomdor davlat stipendiyalari, turli tanlovlar hamda startap loyihalarda ishtirok etish masalalari bo‘yicha bo‘limga murojaat qilishlari mumkin.

Bog‘lanish raqami

+998 94 846 07 64


Bo'lim rahbari
RISQIBOYEV SHAHZODBEK OLIMBEK O‘G‘LI

RISQIBOYEV SHAHZODBEK OLIMBEK O‘G‘LI

Bo‘lim boshlig‘i

Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?

Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.

MRDI Logo MRDI