Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
Bo'lim
Bo'lim haqida
Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot
Bo‘lim institut ilmiy faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi hamda kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga muvofiq ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarini rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Asosiy vazifalari
· Fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish uchun grantlar ajratishga doir tanlovlarda ishtirok etish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlashda maslahat berish.
· Ilmiy loyihalar tanlovlarida ishtirok etish uchun tayyorlangan hujjatlarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirish va ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etish.
· Institutning innovatsion loyihalari, xo‘jalik shartnomalari asosidagi ilmiy-tadqiqot ishlari va Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan loyihalarini rejalashtirishni muvofiqlashtirish hamda investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish.
· Buyurtmachi tashkilotlar bilan ilmiy seminarlar o‘tkazilishini tashkil etish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha shartnoma loyihalarini tayyorlash.
Murojaat qilish masalalari
Bo‘lim magistratura talabalari, tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilarga ilmiy faoliyat, ilmiy stajirovka va malaka oshirish, ilmiy loyiha hamda tadqiqot takliflarini tayyorlash masalalari bo‘yicha maslahat beradi. Shuningdek, ilmiy daraja olish va ilmiy unvon berilishiga doir tartiblar yuzasidan uslubiy ko‘rsatmalar olish uchun murojaat qilish mumkin.
Bog‘lanish raqami
+998 94 670 75 50
YULCHIYEVA DILDORA XABIBULLAYEVNA
Stajer-o‘qituvchi
Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?
Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.