Asosiy kontentga o'tish

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Bo'lim

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi

Bo'lim

Bo'lim haqida

Bo‘lim haqida qisqacha ma’lumot:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi institut faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlar ijrosini tizimli nazorat qilish hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga mas’ul bo‘lgan tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.

Bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, vazirlik va idoralar topshiriqlari hamda institutning ichki me’yoriy hujjatlari asosida amalga oshiradi.

Bo‘limning asosiy maqsadi — institutga kelib tushayotgan hujjatlar, topshiriqlar va murojaatlarning o‘z vaqtida, sifatli va qonunchilik talablariga muvofiq ijro etilishini ta’minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash hamda nazorat tizimini takomillashtirishdan iborat.

Shuningdek, bo‘lim Edo.ijro.uz elektron tizimi orqali hujjatlar ijrosini monitoring qilish, nazoratdagi topshiriqlar bajarilishining holatini tahlil qilish hamda ijro muddatlariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.

Bo‘limning asosiy vazifalari:

· Edo.ijro.uz elektron tizimida ijro intizomini mustahkamlash va nazorat tizimini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

· O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralardan kelib tushgan topshiriq hamda hujjatlarning ijrosini nazorat qilish;

· Institut rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring olib borish;

· Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ko‘rib chiqish va ijrosini nazorat qilish;

· Murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash;

· Nazoratdagi hujjatlar ijrosi bo‘yicha kunlik, haftalik va oylik monitoring yuritish;

· Ijro intizomi holatini tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

· Hujjatlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlar bo‘yicha tegishli ma’lumotlar tayyorlash;

· Murojaatlar bilan ishlash sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;

· Institut tarkibiy bo‘linmalarida ijro intizomiga rioya etilishi bo‘yicha monitoring va o‘rganishlar olib borish;

· Nazoratdagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar, hisobotlar va ma’lumotnomalar tayyorlash;

· Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonida ochiqlik, shaffoflik va tezkorlik tamoyillarini ta’minlash.

Murojaatlar bilan ishlash tartibi:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Murojaatlar yozma shaklda taqdim etilishi mumkin.

Kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, mas’ul ijrochilarga yo‘naltiriladi hamda ularning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishi bo‘lim tomonidan nazorat qilinadi.

Murojaatlar yuzasidan murojaat mualliflariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javoblar taqdim etiladi.

Bo‘lim faoliyatining asosiy tamoyillari:

· Qonuniylik;

· Xolislik va adolatlilik;

· Ochiqlik va shaffoflik;

· Tezkorlik;

· Mas’uliyat va ijro intizomi;

· Fuqarolar manfaatlarini himoya qilish.

Jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaatlarini bevosita Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limiga taqdim etishlari mumkin.

Bo‘lim fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.



Bo'lim rahbari
JOZILOV SA’DULLA ILXOM O‘G‘LI

JOZILOV SA’DULLA ILXOM O‘G‘LI

Bo‘lim boshlig‘i

Qo'shimcha ma'lumot kerakmi?

Bo'lim haqida batafsil ma'lumot olish uchun biz bilan bog'laning.

MRDI Logo MRDI