Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 13–14-mart kunlari “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda!
EN Joriy yilning 13–14-mart kunlari Respublika bo‘ylab o‘tkazilishi belgilangan umumxalq hasharida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti xodimlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ham faollik ko‘rsatishmoqda.
Bugun erta tongdan institut jamoasi tomonidan o‘quv binolari, talabalar turar joylari va ularning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda o‘quv auditoriyalari tartibga keltirildi. Shuningdek, institut hududi, hovlisi va yashil maydonlar tozalanib, daraxt hamda manzarali o‘simliklar parvarish qilindi.
Mazkur hashar jamoaviy mehnat madaniyatini rivojlantirish, yoshlar ongida ekologik mas’uliyat
va ijtimoiy faollikni shakllantirish bilan birga, institut hududining yanada ozoda, obod va estetik jihatdan jozibador bo‘lishiga xizmat qildi.
Foydali resurslar va keyingi qadamlar
Institut faoliyati, ta'lim dasturlari va talabalar uchun muhim havolalar
Ta'lim yo'nalishlari va Qabul
Bakalavriat va magistratura yo'nalishlari, qabul kvotalari va talablar.
Elektron kutubxona (ARM)
Darsliklar, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar va san'at albomlari fondi.
Virtual qabulxona
Institut rahbariyatiga to'g'ridan-to'g'ri murojaat yoki taklif yuboring.