⚜️ GRAFIKA: ISHTIYOQ VA MAHORAT ⚜️

Bugun Ikuo Xirayama xalqaro  madaniyat karvonsaroyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgoh va kitob grafikasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan yosh grafikachi rassomlarning ustozi Narimon Sharipov rahbarligida “Grafika: ishtiyoq va mahorat” nomli ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilishda so‘zga chiqqan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’naviy ishlar bo‘yicha prorektor Botir Sangirov hamda Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazovlar yosh iqtidor egalarini qutlar ekan, bugun ko‘rgazmada namoyish etilayotgan ijodiy ishlar, avvalo, yoshlarning hayotga bo‘lgan qarashi, teran o‘y-fikrlarini o‘zida aks ettirishi bilan ahamiyatli ekani, bu asarlarga nigoh tashlagan inson bugungi kun yoshlarining dunyosi haqida tasavvurga ega bo‘lishi mumkinligini qayd etib, ko‘rgazmada ijodiy ishlari bilan ishtirok etayotgan yoshlarga institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning tabrigini ham yetkazishdi.

Ko‘rgazmada  O‘tkirbekova Farangiz, Uralova Sevinch, Qurbonova Shahrizoda, Bahodirova Sevara, To‘laganova Go‘zalxon, Kamilova Zilola, Sharipova Bibixonim, Ovchinnikova Аnna, Аbdullaxodjaeva Zuhra, Muxitov Mirodil, Ibragimova Dilnoza, Hamroyeva Shohida, Boboqulova Zilola, To‘rabekova Marjona, Jabborova Gulnoza, Qo‘ziboeva Nilufar, Qurbonova Munisa, Rahimjonova Shohsanam, Samadov Vohidjon, Istamtoshev Ulugbek, Xolmuhammedova Mohinabonu, Аhmatova Marvarid, Ishanov Damir, Yunusova Malika, Sheyndfeld Ester , Xojaeva Madina, Havazmatova Nozima, Lo Mariya, Chudova Аnastasiya-Lurdes, Ahrolova Durdona hamda xitoylik talaba  Lo Tin Chji lar o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etdilar.

Ko‘rgazma  31 nafar talabalaning 40 dan ortiq ofort, linogravyura va litografiya uslubida ishlangan grafik asarlaridan iborat bo‘lib, 28-fevralga qadar davom etadi.