Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ijodiy iste’dodga ega iste’dodli yoshlar talaygina. Mahorat va qobiliyatlarining ifodasi sifatida san’at ixlosmandlarining e’tiboriga havola etilayotgan ijodiy ko‘rgazmalar esa yosh iste’dod egalarining yuksaklik sari tashlayotgan dadil qadamlaridan dalolat beradi. Amaliy san’at fakultetining Amaliy san’at asarlarni ta‘mirlash ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Sitora Pardaboyeva ham shu kabi iste’dod egalaridan biri bo‘lib, amaliy san’atning gobelen turida samarali ijod qilib kelmoqda. Sitoraning gobelen va amaliy san’atning boshqa turlarida yaratgan ijod namunalaridan iborat ilk shaxsiy ko‘rgazmasi “Baxt epkinlari” nomi ostida tashkil etildi.