DIQQAT, E’LON!

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi Sevara Jumayeva tashabbusi bilan institutda faoliyat yuritayotgan ayol professor-o‘qituvchilar va xodimalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etilmoqda!

Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi! shiori ostidagi intellektual bilim musobaqasida o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan barcha ayollar ishtirok etishlari mumkin.

❗️Umumiy qoidalar:
Kafedra professor-o‘qituvchilari jamoalari alohida, dekanat jamoalari alohida, tyutorlar jamoasi, rektorat jamoalari alohida tartibda ishtirok etishlari shart.

Jamoalar arizasi — joriy yilning 25-may sanasiga qadar kengash raisi tomonidan qabul qilinadi.

⚡️Hayotiy va mantiqiy savollardan iborat musobaqalarda yuqori natijani qayt etgan jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi va Final o‘yinida ishtirok etadi.

🌸 Institut ayollarini bilim musobaqasida faollikka chorlaymiz!