BIZNING FAXRLI YOSHLAR

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dizayn fakulteti ”Amaliy grafika” ta’lim yõnalishi 3-bosqich talabasi Begoyim Olimjonova hamda Tasviriy san’at fakulteti 1-bosqich talabasi Muhammadqodir Jo‘rayevlar 15-17-may kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan ”Qizg‘aldoq — 2023” lll xalqaro plenerida  ishtirok etib faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘lishdi.

Muhammadqodir Jo‘rayev hamda Begoyim Olimjonovalar kabi iste’dodli yoshlarimiz ertamiz umidi va kelajagidir!
Institut jamoasi iqtidorli va isteʼdodli talabalarimizga kelgusidagi ilmiy va ijodiy faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyat doimo hamroh boʻlishini tilaydi!