TASVIRIY SAN'AT FAKULTETI

Tasviriy san’at fakulteti dekani: Jumaniyazov Shixnazar Raximberganovich
Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba: 15.00-17.00
Telefon: +998 71 255 16 08
E-mail: shih_art@mail.ru

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Xoliqov Ruslan Safarovich
Qabul kunlari: Seshanba, payshanba, juma: 15.00-17.00
Telefon raqami: +99890 167-79-70
E-mail:

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Abdullayev Obidjon Oripovich
Qabul kunlari: Dushanba, chorshanba, juma: 9.00-12.00
Telefon raqami: (90)323-12-13
Email: N.A
Tasviriy san’at fakulteti haqida umumiy ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 131-sonli Qaroriga asosan Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining (hozirgi O‘zbekiston san’at va madaniyat instituti) Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi va institutning asosiy negizi bo‘lgan Tasviriy san’at fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultetda ko‘plab ko‘zga ko‘ringan O‘zbekiston Tasviriy san’atiga tamal toshini qo‘ygan va o‘zlaridan keyini ko‘plab shogirdlar qoldirgan marhum uctozlardan; O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademiklari, O‘zbekiston Halq rassomlari, professorlari va ko‘plab taniqli rassomlar fakultet talabalariga tasviriy san’at sirlaridan saboq berishgan.
Xozirgi paytda esa fakultetda bir qancha O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining akademiklari, O‘zbekiston Xalq rassomlari, O‘zbekiston San’at arboblari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Madaniyat xodimlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan YOshlar murabbiylari, professorlar, dotsent valar faoliyat yuritadi. Fakultetda asosiy va o‘rindosh ish o‘rinlarida, 24 nafar akademik va professorlar, 28 nafar dotsent, ja’mi 102 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy va o‘rindoshlik asosida kafedralar kesimida tahsil oluvchi 525 nafar bakalavr, 52 nafat magistratura bosqichi jami 577 nafar talabalarga mutaxasislik fanlaridan saboq berib keladilar.
Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi. Bulardan; “Dastgohli rangtasvir”, “Mahobatli rangtasvir”, “Teatr bezagi rangtasviri ”, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedralaridir. Fakultetning mazkur kafedralarida bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sakkizta, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha esa ettita yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ular institutni bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgandan keyin respublikaning barcha maktab va tasviriy san’atga ixtisoslashgan kollejlarida, respublika teatrlari, kinostudiyalari, nashryotlari, tasviriy san’at galereyalari xamda muzeylarida o‘z faoliyatlarini olib borishadi.
Hozirda fakultet Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, xalqaro olimpiadalar va nufuzli tanlovlar g‘oliblari taxsil oladi.
Fakultetda tarkibidagi kafedralar:
- “Dastgohli rangtasvir” kafedrasi
2. “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi
3. “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi
4. “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedrasi
Quyidagi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:
Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari:
5150800- Rangtasvir (turlari bo`yicha):
5150800 – Dastgohli rangtasvir
5150800 – Mahobatli rangtasvir
5150800 – Teatr bezagi rangtasvir
5150800 – Fil`mning tasviriy echimi
5111000 – Kasb ta`limi. (Rangtasvir (turlari bo`yicha)):
5111032 – Dastgohli rangtasvir
5151000 – Grafika (turlari bo`yicha):
5A151001 – Grafika (Dastgoh va kitob grafikasi)
5A151002 – Grafika (Xattotlik va miniatyura)
Magistratura mutaxassisliklari:
5A150800- Rangtasvir (turlari bo`yicha):
5A150801 – Dastgohli rangtasvir
5A150804 – Mahobatli rangtasvir
5A151201 –Tasviriy va amaliy bezak san`ati (monumental bazak san`ati)
5A150802 –Kino va telefil`mning tasviriy echimi
5A150803 –Mul`tfil`m va komp`yuter mul`tiplikasiyasi
5А151000 – Grafika (turlari bo`yicha):
5A151001 – Grafika (Dastgoh va kitob grafikasi)
5A151002 – Grafika (Xattotlik va miniatyura)