Tashrif davomida vakillarimiz tomonidan Amir Temur haykali poyiga gul qo'yilib, buyuk sarkarda va davlat arbobining boy tarixiy merosi, uning bunyodkorlik, adolat va kuch-qudrat timsoli sifatidagi o‘rni yana bir bor yodga olindi.
Shuningdek, talabalar va professor-o'qituvchilar o'rtasida suhbatlar o‘tkazilib, Amir Temur hayoti va faoliyati, uning davlat boshqaruvi, harbiy san’at hamda ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e'tirof etildi.
Mazkur tashrif yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, tarixiy xotirani asrab-avaylash hamda buyuk ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhini shakllantirishga xizmat qildi.