Dastlab ishtirokchilar Xalqaro "Tasviriy va amaliy sanʼat festivali" doirasida Markaziy ko‘rgazmalar zaliga tashrif buyurib, zamonaviy san’at asarlari hamda tasviriy san’atning turli yo‘nalishlaridagi ijodiy namunalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng, dastur doirasida mahoratli rassom, institutimizning "Mahobatli rangtasvir" kafedrasi dotsenti Umar Rajabov tomonidan mahorat darsida qatnashib, shakl va ranglarni tasvirlash usullarini o‘rgandilar.
Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, majmuaning ulug‘vor me’moriy qiyofasi va zamonaviy islom me’morchiligi uslubi bilan tanishdilar. Shundan so‘ng, Hazrati Imom majmuasiga tashrif buyurilib, uning tarixiy ahamiyati, o‘ziga xos me’moriy yechimlari hamda boy madaniy merosi o‘rganildi. Tashrif davomida ishtirokchilar O‘zbekistonning diniy va me’moriy merosi haqidagi bilimlarini yanada boyitdilar.
Uchinchi kun dasturi badiiy amaliyot va madaniy tajribani uyg‘unlashtirgan holda, ishtirokchilarning ijodiy va estetik dunyoqarashini kengaytirishga, shuningdek, milliy va zamonaviy madaniyat haqidagi tasavvurlarini chuqurlashtirishga xizmat qildi.