Andijon viloyatining Bobur shahridagi “Ziyolilar bog‘i”da davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ilk “Rassomlar festivali”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur nufuzli tadbirda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rahbariyati, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari, professor-o‘qituvchilar, yosh ijodkorlar va soha mutaxassislari ishtirok etib, tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirish, milliy madaniy merosni asrab-avaylash hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashishmoqda.
E’tiborlisi, mazkur festivalda institutimizda ijodiy faoliyat olib borayotgan 21 nafar iste’dodli rassomlar ham qatnashmoqda. Bu esa yosh ijodkorlarning o‘z iste’dodini namoyon etishi, ijodiy tajriba almashishi hamda milliy san’at an’analarini keng targ‘ib etish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda.
Tadbir davomida turkiy xalqlar madaniyati, milliy san’at an’analari, yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan masalalar keng muhokama qilinmoqda.
Festival doirasida ijodiy uchrashuvlar, ko‘rgazmalar, mahorat darslari va madaniy tadbirlar ham tashkil etilib, ishtirokchilarga o‘zaro tajriba almashish imkoniyati yaratilmoqda.