Xizmat safari doirasida dastlab institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazovlar ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, akademik va ijodiy tajriba almashinuvini kengaytirish, shuningdek, san’at va dizayn ta’limi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, Xitoy Xalq Respublikasining Sindaо Maktabgacha ta’lim pedagogika oliy kollejiga tashrif buyurdi. 

Tashrif doirasida ikki tomon rahbariyati o'rtasida bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, zargarlik va san’at yo‘nalishlarida qo‘shma kurslar tashkil etish, ijodiy loyihalar hamda ko‘rgazmalarni amalga oshirish, shuningdek, madaniy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda institutimiz rektori Omonulla Salixov tomonidan professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ijodiy loyihalar va ko‘rgazmalarni tashkil etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilib, ularni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuvdan so'nng vakillarimiz mazkur ta'lim muassasa rektori Fu Rongyun hamrohligida Zargarlik fakulteti laboratoriyalari bilan tanishib, emal texnikasi hamda sun’iy intellekt asosidagi zargarlik dizayni jarayonlarini kuzatdi. Shu bilan birga, zarbli cholg‘ular laboratoriyasi, madaniyat markazi, sport majmuasi, sun’iy intellekt va til ta’limi instituti hamda san’at fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, xizmat safari doirasida institutimiz rahbariyati Shanxay hamkorlik tashkilotining “Marvarid” xalqaro ko‘rgazma markaziga tashrif buyurib, unda tashkil etilgan O‘zbekiston, Rossiya va Hindiston pavilonlari faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur xizmat safari institutimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, san’at va dizayn ta’limida ilg‘or tajribalarni joriy etish hamda xalqaro darajadagi raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

photo_2026-05-23_11-10-01 (2).jpg

photo_2026-05-23_11-10-55.jpg

photo_2026-05-23_12-02-41.jpg

photo_2026-05-23_11-10-02.jpg

photo_2026-05-23_11-10-03.jpg

photo_2026-05-23_11-10-03 (2).jpg

photo_2026-05-23_12-00-29.jpg