Bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Surxondaryo viloyatidagi Bolalar musiqa va san'at maktablarining direktorlari tashrif buyurib, ushbu hududdan kelib tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida institut bitiruvchilari uchun ta'lim muassasalarida mavjud ish o‘rinlari, erkin ijod qilish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida tashrif buyurgan rahbarlar tomonidan batafsil ma'lumot berildi. Shu bilan birga uchrashuvda talabalarning savol va takliflari tinglanib, institut rahbariyati hamda tashrif buyurgan mehmonlar tomonidan ularning kelgusi faoliyati uchun muhim tavsiyalar berildi.
Mazkur tashabbus yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash, ularning kasbiy faoliyatini boshlashiga ko‘maklashish hamda hududlarda san’at ta’limi sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.