Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlardan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Konferensiyada nufuzli mehmonlar — Akmal Saidov, Ulug‘bek Shermatov, Baxtiyor Hasanov hamda Bilyana Miloshevich — Amir Temur merosining bugungi ahamiyati va uning jahon harbiy san’ati hamda davlatchilik tarixidagi o‘rni haqida fikr bildirdi.
Shuningdek, konferensiya doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi Arushanova Manushak “Amir Temur haykallariga — uch ijodiy munosabat” mavzusida ma’ruza qilib, haykaltarosh Ilhom Jabborov yaratgan Sohibqiron siymosining badiiy talqinini tahlil etdi.
Anjumanda Amir Temurning harbiy strategiyasi, diplomatiyasi va davlat boshqaruvi masalalari muhokama qilinib, uning merosi zamonaviy harbiy tafakkur uchun muhim manba ekani ta’kidlandi.
Mazkur konferensiya tarixiy merosni zamonaviy yondashuv asosida anglash va yangi ilmiy qarashlar shakllanishiga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoni bo‘ldi.