Uchrashuvda "Datum parfume" brendining ta’sischisi va direktor o‘rinbosari Xabibulla Shaabdullayev  va "Datum parfume" brendining strategik rivojlanish bo‘yicha direktor maslahatchisi Farxod Mahkamov, institutimiz rektori   Omonulla Salixov , Rektor maslahatchisi  Xasan Djurayevlar ishtirok etib, uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollari, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, shuningdek, dizayn va kreativ sanoat hamda ekologiyani asrash yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Suhbat jarayonida institutimiz rektori ta'lim muassasamiz faoliyati, undagi o'quv va ijodiy jarayonlar haqida mehmonlarga ma'lumot berib o'tgan bo'lsa, o'z o'rnida “Datum Parfume” xususiy korxonasi rahbarlari korxona faoliyati, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari hamda brendni rivojlantirish borasidagi tajribalari haqida ma’lumot berib o'tishdi. 

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar o‘zaro ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kelgusida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish hamda yaqin kunlarda institutimiz talabalari o'rtasida ekologiya va tabiatni asrashga bag'ishlangan hamkorlikdagi ilmiy va ijodiy ishlar tanlovini tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Bu kabi hamkorlik loyihalari institut va xususiy sektor o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, amaliy tajriba almashish, istiqboldagi loyihalarini rivojlantirish hamda bugungi kunda  davlatimizdagi ekologiyani asrash bilan bog'liq dolzarb masalalarga oid hamkorlikdagi tashabbuslarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

5382162246521264880_121.jpg

5382162246521264881_121.jpg

5382162246521264882_121.jpg