Uchrashuv davomida mehmon tomonidan Lyuniver texnikasining amaliy jihatlari, zamonaviy libos dizaynida qo‘llanishi hamda kreativ bezak elementlarini yaratish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Workshopning amaliy qismida talabalar maxsus ilgak (Lyuniver hook), ramka, tul va organza matolari, shuningdek boncuk va payetkalar bilan ishlashni o‘rgandilar. Ishtirokchilar matoni ramkaga joylashtirish, zanjirli chok hosil qilish, bezak elementlari yaratish hamda ularni mustahkam biriktirish bo‘yicha muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan amaliy javoblar olish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ular tomonidan yaratilgan ijodiy ishlar taqdimoti tashkil etilib, bajarilgan ishlarning texnikasi va kreativ yondashuvlari muhokama qilindi. Mazkur workshop talabalar uchun motivatsion va amaliy jihatdan foydali bo‘ldi.
Bu kabi uchrashuvlar talabalar uchun yangi bilim va tajribalar maydonini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.