Tadbir davomida mutaxassis tomonidan zamonaviy moda yo‘nalishlari, libos konstruksiyasi asoslari hamda professional tikuvchilik jarayonining muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, libos yaratish bosqichlari va dizayn yechimlari yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Mahorat darsi ochiq muloqot va amaliy yondashuv asosida tashkil etilib, talabalar mashg‘ulotlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Savol-javoblar jarayonida ular o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha batafsil javoblar oldilar.
Mazkur mahorat darsi talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini oshirish hamda moda sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.