Abituriyentlar Chizmatasvir hamda Kompozitsiya fanlaridan imtihon topshirib, mazkur jarayon qabul komissiyasi a'zolari tomonidan amaldagi tartib va me'yoriy talablar asosida yuqori saviyada tashkil etildi. Imtihonlarning ochiq, shaffof va adolatli o'tkazilishini ta'minlash maqsadida barcha zarur tashkiliy choralar ko'rilib, jarayonlar belgilangan talablar asosida olib borildi.
Bugungi imtihonlarga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova tashrif buyurib, tashrif davomida institutimiz rektori Omonulla Salixov hamrohligida abituriyentlarning kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish jarayonini kuzatishdi.
Shuningdek, rahbariyat tomonidan abituriyentlar hamda ularning ota-onalari uchun yaratilgan qulay sharoitlar, imtihonlarning belgilangan tartib asosida tashkil etilishi va jarayonlarning shaffofligini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Eslatib o'tamiz, institut Qabul komissiyasi kun tartibiga muvofiq 2-kungi imtihon natijalari bugun Soat 20:30 dan 21:00 gacha institutning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.