Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti "Muzey menejmenti va madaniy turizm" yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Omontosheva Sarvinoz Uchqunovna ayni damda Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan MDH davlatlarining "XIX Ijodkorlar va ilmiy ziyolilar forumi"da ishtirok etmoqda.
Forum doirasida iqtidorli talabamiz Sarvinoz Omontoshevaning ilm va ijod yo‘lidagi sermahsul faoliyati yuqori baholanib, u “Debyutlar hamdo‘stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof nafaqat talabamizning shaxsiy yutug‘i, balki institutimizda yoshlarning ilmiy, ijodiy va madaniy sohalardagi salohiyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlarning amaliy natijasidir.
Iqtidorli talabamiz Sarvinoz Omontoshevani mazkur nufuzli xalqaro mukofot bilan institut rahbariyati va jamoasi nomidan samimiy muborakbod etgan holda, uning kelgusi ilmiy-ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!