Ayni kunlarda institutimizda 2026–2027-o‘quv yili qabuli doirasida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni belgilangan tartibda, ochiq va shaffof tashkil etish hamda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulay muhit yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

 Imtihonlar davomida jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini ta'minlash maqsadida Mirobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan zarur xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Shuningdek, sog‘liqni saqlash xodimlarining doimiy navbatchiligi yo‘lga qo‘yilib, zarurat tug‘ilganda tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 Imtihon auditoriyalari zamonaviy sovutish tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, abituriyentlarning qulay sharoitda imtihon topshirishlari uchun ichimlik suvi, zarur anjom va vositalar bilan ta'minlangan. Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun esa salqin kutish hududlari, barcha qulayliklarga ega oshxona hamda imtihon jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi jonli translyatsiya tizimi tashkil etilgan.

 Mazkur shart-sharoitlarning yaratilishida hamkor tashkilotlar, tegishli xizmatlar hamda institut qabul komissiyasi tarkibida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar, xodimlar va texnik personalning fidokorona mehnati hamda mas'uliyatli yondashuvi alohida e'tirofga loyiqdir. Ularning hamjihatlikdagi sa'y-harakatlari tufayli kasbiy (ijodiy) imtihonlar yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazilmoqda.

 Yaratilgan qulay shart-sharoitlar abituriyentlar va ularning ota-onalari tomonidan iliq kutib olinib, imtihon jarayonlarining puxta tashkil etilgani, ochiqligi va shaffofligi yuzasidan ijobiy fikrlar bildirilmoqda.

5368422504407440211_121.jpg

5368422504407440212_121.jpg

5368422504407440214_121.jpg

5368422504407440215_121.jpg

5368422504407440216_121.jpg

5368422504407440217_121.jpg

5368422504407440218_121.jpg

5368422504407440219_121.jpg