Uchrashuvda mehmon zamonaviy ta’lim tizimidagi yangicha yondashuvlar, startap loyihalarni yo‘lga qo‘yish bosqichlari, biznesni rivojlantirishda kreativ fikrlashning o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berib, Cambridge LC o‘quv markazlari, Modme CRM tizimi, Cambridge Kidzz va Jahon School kabi loyihalarni tashkil etish tajribasi bilan ham oʻrtoqlashdi 

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassisdan kerakli amaliy javoblar olish imkoniga ega bo‘lishdi. 

Shuningdek tadbir davomida, bir necha hafta oldin yoʻl transport hodisasi sodir boʻlgan favqulodda vaziyatda tan jarohati olgan fuqaroga yordam berib, jasorat ko‘rsatgan talabamiz - Maxmudjonova Zilola Ma'ruf qizi institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlanib, unga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta'kidlash joizki, uchrashuv ta’lim, dizayn, tadbirkorlik va innovatsiya yo‘nalishlariga qiziquvchi talabalar uchun motivatsion hamda foydali bo‘ldi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bu kabi uchrashuvlar orqali talabalar uchun yangi bilim va tajribalar maydonini yaratishda davom etadi.

5424860139908437955_121.jpg

5424860139908437956_121.jpg

5424860139908437957_121.jpg

5424860139908437958_121.jpg

5424860139908437959_121.jpg

5424860139908437960_121.jpg

5424860139908437962_121.jpg

5424860139908437963_121.jpg

5424860139908437964_121.jpg