Uchrashuv doirasida Kitob grafikasi yo‘nalishi talabalari hamda professor-o‘qituvchilar uchun “Nashr dizayni va uning Ispaniyada rivojlanish tarixi” mavzusida mazmunan boy va ilmiy asoslangan taqdimot namoyish etildi. Unda nashr dizaynining tarixiy shakllanish bosqichlari, zamonaviy rivojlanish tendensiyalari, shuningdek, Ispaniyada kitob grafikasi san’atining taraqqiyot jarayonlari keng qamrovda tahlil qilindi.

Taqdimot davomida Yevropa nashriyot maktablarining ilg‘or tajribalari, dizayn konsepsiyalarining evolyutsiyasi hamda vizual kommunikatsiyaning estetik va funksional jihatlari ilmiy-nazariy asosda yoritib berildi. 

Shuningdek, uchrashuv yakunida xorijlik mutaxassis talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berib, o‘zaro fikr almashildi.

5384348500839044236_121.jpg

5384348500839044238_121.jpg

5384348500839044240_121.jpg

5384348500839044239_121.jpg