Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Sayfullayev Surxondaryo viloyatiga amalga oshirilgan xizmat safari doirasida "Yoshlar kuni" munosabati bilan Termiz ixtisoslashgan san’at maktabida bo‘lishdi!

Rektorlar tashrif davomida o‘quvchi-yoshlar bilan samimiy va mazmunli uchrashuv tashkil etilib, ochiq muloqot ruhida suhbat olib borildi. Unda yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, san’at sohasida ta’lim olish imkoniyatlari hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini to‘g‘ri tanlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida institutlar faoliyati, mavjud ta'lim yo'nalishlari, kirish imtihonlari tartibi,  ta’lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ijodiy izlanishlarga ruhlantirish va kelgusida malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.

5426892484073172526_121.jpg

5426892484073172533_121.jpg

5426892484073172531_121.jpg

5426892484073172522_121.jpg

5426892484073172525_121.jpg

5426892484073172524_121.jpg