Anjuman institutimiz Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Dilafruz Qurbonova moderatorligida o'tkazilib, unda institutimiz rektori Omonulla Salixov, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, San'atshunoslik fanlari doktori Kamola Akilova, MARA Texnologiyalar Universiteti tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor yordamchisi, professor, Badrul Isa, “Keng Makon” Mebel fabrikasi Bosh direktori Abduraxim Abduraxmanov, Londondagi OM Couture kompaniyasi direktori, dizayner, Omar Mansoor Sheyh, K.Jubanov nomidagi Aktobe Regional Universiteti dekani, Pedagogika fanlari nomzodi Kartbayeva Jaynagul Janshayevna, shuningdek, xorijiy va mahalliy professor-o'qituvchilar, tadqiqodchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirni institutimiz rektori Omonulla Salixov kirish va tabrik so‘zlari bilan ochib berdi. Tadbir davomida O‘zbekiston va xorijdan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi dizaynerlar oʻzlarining dizayn ta’limi va ishlab chiqarish integratsiyasi, zamonaviy texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar hamda milliy dizaynning bugungi talqini yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Anjumanda dizayn ta’limini rivojlantirish, uni ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘lash, interfaol o‘qitish metodlarini joriy etish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama markazida bo‘ldi.
Tadbir doirasida Institutimiz hamda “Keng Makon” mebellar fabrikasi rahbarlari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu borada o‘zaro tajriba almashish, talabalarning amaliyot o‘tash jarayonlarini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqish hamda dizayn sohasida zamonaviy va innovatsion mahsulotlar yaratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Konferensiya yakunida faol ishtirok etgan qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi hamda esdalik uchun umumiy suratga tushildi.
Mazkur anjuman dizayn ta’limini yanada takomillashtirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.