Jumladan, institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirokida qabristonlarda hashar va obodonlashtirish ishlari tashkil etilib, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Shuningdek, uzoq yillar davomida institutda samarali faoliyat yuritgan faxriy ustozlar va nuroniy xodimlar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, ustozlarga hurmat va milliy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Xotira — insonni o‘tmish bilan bog‘laydigan muqaddas qadriyat, qadr esa insoniylikning eng oliy mezonidir.