Xususan, talaba-yoshlar qalbida ajdodlar xotirasiga hurmat va ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, ota-bobolarimiz ruhini shod etish hamda muqaddas qadamjolarni obod qilish maqsadida institutimiz professor-o‘qituvchilari va faol talabalar ishtirokida qabristonlarda hashar tadbirlari tashkil etildi.

Hashar jarayonida hududlar tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi. Shuningdek, o‘tganlar qabrlari ziyorat qilinib, ularning haqqiga Qur’on tilovatlari o‘qildi hamda duo-fotiha qilindi.

Bunday ezgu tashabbuslar jamiyatimizda mehr-oqibat, hurmat va insoniy qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

5471913357767021490_121.jpg

5471913357767021491_120.jpg

5471913357767021493_121.jpg

5471913357767021496_121.jpg

5471913357767021496_121.jpg

5471913357767021499_121.jpg