Institutimizning Dizayn fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universitetida “Grafika, fotografiya va dizayn” mavzusidagi ijodiy ko‘rgazma va mahorat darsi yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir davomida institut professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan yaratilgan grafik dizayn ishlari, badiiy fotografiyalar hamda turli ijodiy loyihalar namoyish etildi.

Ko‘rgazma universitet talabalari va mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otib, tasviriy san’at, fotografiya va dizayn sohalaridagi zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.  Shuningdek, amaliy mahorat darslari tashkil etilib, ishtirokchilarga grafik dizayn, kompozitsiya, badiiy fotografiya va vizual kommunikatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha qimmatli tavsiyalar hamda tajribalar ulashildi. Uchrashuv davomida ijodiy fikrlash, innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish va san’at ta’limining bugungi rivojlanish tendensiyalari yuzasidan fikr almashildi.

Tadbir yakunida Ipak Yo‘li Innovatsiyalar Universiteti rahbariyati tomonidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar va ijodkorlarga samimiy minnatdorlik bildirilib, tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Mazkur ijodiy uchrashuv ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda san’at va dizayn sohalarida tajriba almashinuvini kengaytirishga xizmat qildi.

photo_2026-06-09_20-11-37 (2).jpg

photo_2026-06-09_20-11-37.jpg

photo_2026-06-09_20-16-57.jpg

photo_2026-06-09_20-16-58 (2).jpg

photo_2026-06-09_20-16-58 (3).jpg

photo_2026-06-09_20-16-58.jpg

photo_2026-06-09_20-16-56.jpg