Joriy yilning 25–26-aprel kunlari institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining go‘zal tog‘li hududlarida ijodiy plener bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar tabiat manzaralarini bevosita kuzatish asosida rangtasvir asarlarini yaratdilar.
Ochiq osmon ostida tashkil etilgan mazkur plener ijodiy muhitni yanada jonlantirib, ishtirokchilarning rangtasvir, kompozitsiya hamda yorug‘-soya munosabatlarini amaliy jihatdan chuqur his etishlariga xizmat qildi.
Shuningdek, plener davomida professor-o‘qituvchilar sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli sport mashg‘ulotlari bilan ham shug‘ullanishdi.
Ma'lumot uchun, mazkur plener davomida yaratilgan eng sara ijodiy ishlar jamlanib ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan. Unda professor-o‘qituvchilarning zamonaviy tasviriy san’atdagi yondashuvlari keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi.