Ayni kunlarda institutimizning "Ijtimoiy fanlar va informatika", "Libos dizayni" hamda "Muzeyshunoslik" kafedralarida faoliyat yurituvchi bir guruh professor-o‘qituvchilar Xitoy Xalq Respublikasining Hebei viloyatida joylashgan Hebei Vocational University of Technology and Engineering universitetida tashkil etilgan “China-Uzbekistan Universities and Colleges Teachers (Hebei) Short-Term Exchange & Training Camp” xalqaro dasturida qatnashmoqda.

Dastur doirasida sun’iy intellekt, mashinali o‘qitish, raqamli ta’lim texnologiyalari hamda AI vositalarini ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlariga integratsiya qilish mavzularida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, ishtirokchilar Xitoyning madaniy va tarixiy maskanlariga tashrif buyurib, mamlakatning zamonaviy ta’lim tizimi, innovatsion yondashuvlari va infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.

Dastur davomida zamonaviy raqamli kompetensiyalarni rivojlantirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda innovatsion texnologiyalarni badiiy ta’lim jarayoniga joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashilmoqda.

Mazkur xalqaro dastur akademik hamkorlikni rivojlantirish, pedagogik tajriba almashish hamda ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

5204045713623421761_121.jpg

5204045713623421762_121.jpg

5204045713623421763_121.jpg

5204045713623421764_121.jpg

5204045713623421766_121.jpg

5204045713623421769_121.jpg