Ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan institutimiz rahbariyati bugun Xubey Tasviriy san’at institutiga (Hubei Institute of Fine Arts) tashrif buyurib, tashrifi doirasida ikki tomon rahbariyati ishtirokida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida badiiy ta’limi sohasida hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, qo‘shma ijodiy loyihalar va ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy-amaliy hamkorlikni kengaytirish hamda tasviriy san’at, sanoat dizayni, moda va san’at, rangtasvir va vizual san’at yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, muloqot davomida zamonaviy ta’lim yondashuvlarini amaliyotga tadbiq etish, innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, qo‘shma ta’lim dasturlari va ijodiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish hamda talaba-yoshlarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, tashrif doirasida institutimiz rahbariyati mazkur institutning Hualin kampusi galereyasida tashkil etilgan institut bitiruvchilarining diplom loyihalari ko‘rgazmasi hamda Jianglundao kampusida joylashgan Sanoat dizayni, Moda va san’at, Rangtasvir va Vizual san’at yo'nalishlari faoliyati, ulardagi ta’lim jarayonlari, ijodiy ustaxonalari va zamonaviy infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishishdi.