Maqolada institut faoliyatidagi tub islohotlar, ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, innovatsion o‘quv metodikalarini joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shu bilan birga so‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlarining institut misolidagi amaliy natijalariga alohida to‘xtalib o‘tgan.
Maqolada tasviriy va amaliy san’at, dizayn hamda san’atshunoslik yo‘nalishlarida yuqori malakali kadrlar tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari, talabalarning ijodiy salohiyatini oshirish va ularni xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etishlarini ta’minlash borasidagi strategik maqsadlar yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarining san’at ta’limidagi o‘rni va ahamiyati ochib berilgan.
Ma'lumot o‘rnida: “Hurriyat” gazetasi mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy hayotidagi muhim jarayonlarni, xususan, ma’naviyat va san’at sohasidagi yangilanishlarni keng yoritib boruvchi nufuzli nashrlardan biri hisoblanadi.