Assalomu alaykum, hurmatli muzey sohasi vakillari, qadrli professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar, talaba-yoshlar va aziz hamkasblar!

Avvalo, sizlarni 18-may — "Xalqaro muzeylar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.

Muzeylar — xalqning boy tarixi, madaniy merosi, milliy qadriyatlari va san’atini asrab-avaylab, kelajak avlodga yetkazib beruvchi muhim ma’naviy maskan hisoblanadi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida muzeylar nafaqat tarixiy xotirani saqlovchi, balki yoshlarning estetik didi, ma’naviy dunyoqarashi va milliy o‘zligini shakllantiruvchi muhim ilmiy-ma’rifiy markaz sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muzeyshunoslik yo‘nalishini rivojlantirish, soha uchun zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlash, madaniy merosni asrash va targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Institutimiz professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari hamda talaba-yoshlarining bu yo‘nalishdagi izlanish va tashabbuslari soha rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Fursatdan foydalanib, muzeyshunoslik sohasi rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha muzey xodimlari, olimlar, institutimiz professor-o‘qituvchilar va talabalarga chuqur minnatdorlik bildiraman. Sizlarning mas’uliyatli va sharafli faoliyatingiz milliy madaniyatimiz va boy tarixiy merosimizni asrash hamda targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi.

Barchangizga mustahkam sog‘lik, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda muvaffaqiyat, yurtimiz ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizga ulkan zafarlar tilayman.

18-may — "Xalqaro muzeylar kuni" yana bir bor barchangizga muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Omonulla Salixov.