Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Talabalar turar joyida “Yagona vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida tashkil etiladigan “Mustaqillik darslari” doirasida Qatagʻon qurbonlari va jadidlik harakati namoyandalariga bagʻishlangan  maʼrifiy oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston mustaqilligi va millat ozodligi yoʻlida jon fido qilgan maʼrifatparvar ajdodlarimiz xotirasini eʼzozlash kerakligi ta'kidlandi, ularning boy ilmiy-badiiy va gʻoyaviy merosini yoshlar oʻrtasida keng targʻib etildi.

 Ushbu tadbirda Qatagʻon qurbonlari hamda jadid maʼrifatparvarlarining mashaqqatli va sharafli hayot yoʻli, ularning milliy oʻzlikni anglash yoʻlidagi kurashi haqida atroflicha maʼruza qilindi. Jadid bobolarimizning maʼrifat va ozodlik gʻoyalarini aks ettiruvchi, ularning nomlarini abadiylashtirishga bagʻishlangan maxsus taqdimotlar hamda tarixiy hujjatlar talabalar eʼtiboriga havola etildi.

 Talaba-yoshlar istiqlolimizning nechoqlik aziz va nozik neʼmat ekanligini, ajdodlarimiz fidoiyligi bugungi tinch va erkin ijodiy muhitimizning poydevori ekani ta'kidlandi.

5247044800182164598_121.jpg

5247044800182164600_121.jpg

5247044800182164601_121.jpg

5247044800182164603_121.jpg