Bugun institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda mas’ul xodimlar talabalar turar joyiga tashrif buyurib,  talaba yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tashrif davomida rahbariyat tomonidan talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, xonalarning holati hamda binoning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi. Rektor talabalar yashaydigan xonalarga kirib, ular bilan bevosita suhbatlashdi va kundalik hayotida duch kelayotgan masalalar bilan qiziqdi.

Shuningdek, talabalar uchun osh damlanib, rektor va yoshlar bir dasturxon atrofida jam bo‘ldi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan suhbat davomida talabalarning taklif va tashabbuslari, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Mazkur uchrashuv talabalar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar turar joyida munosib yashash sharoitlarini ta’minlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

5355183486760853570_121.jpg

 

 

5355183641379678419_121.jpg

5355183486760853574_121.jpg

 

5355183641379678407_121.jpg

5355183486760853586_121.jpg

5355183486760853584_121.jpg