Bugun institutimiz rektori Omonulla Salixov hamda mas’ul xodimlar institut talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida yotoqxonadagi mavjud sharoitlar, maishiy qulayliklar hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi.
Shuningdek, tashrif doirasida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida rektor tomonidan talabalarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni hal qilish yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratish hamda ochiq muloqot muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.