Joriy haftada institutimizning San’atshunoslik va amaliy san’at fakulteti, "Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)", "Muzeyshunoslik (muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiya va ta’mirlash)" hamda "San’atshunoslik (tasviriy va amaliy san’at)" ta’lim yo‘nalishlari 3-kurs talabalari amaliyot dasturi doirasida Buxoro viloyatida amaliyot safarida bo'lishdi. Jarayonda talabalar Buxoro shahrining boy tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishib, yurtimizning nodir me’moriy obidalari va ziyoratgohlarini o‘rgandilar. Xususan, Buxoro Ark qal’asi, Minorai Kalon ansambli, Sitorai Mohi Xosa saroyi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi hamda Chashma-Ayub majmuasiga tashrif buyurib, ushbu maskanlarning tarixiy, me’moriy va madaniy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Mazkur safar amaliyot rahbarlari Umida Bozorboyeva va Nargiza Tashpulatovalar ishtirokida tashkil etilgan bo‘lib, talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, tarixiy-madaniy meros obyektlarini chuqur o‘rganish hamda muzey faoliyati bilan yaqindan tanishishlariga xizmat qildi. Amaliyot jarayonlarining shu kabi amaliy safarlar orqali tashkil etilishi yosh mutaxassislarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, milliy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va qiziqishni oshirish hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim tajriba to‘plashda alohida ahamiyat kasb etadi.

5303254553308373453_121.jpg

5303254553308373454_121.jpg

5303254553308373456_121.jpg