Ayni kunlarda institutimizning Tasviriy san'at fakulteti 2 va 3-kurs "Dastgohli rangtasvir" hamda 3-kurs "Mahobatli rangtasvir" ta’lim yo‘nalishi talabalari Buxoro shahrida plener amaliyotida bo'lib turishibdi.  

Mazkur plener amaliyoti tarixiy va madaniy merosga boy Buxoro shahrining betakror me’moriy obidalari hamda shahar manzaralarini tasviriy san’at vositalari orqali o‘rganish va tasvirlashga qaratilgan.

Amaliyot davomida talabalar ochiq osmon ostida ishlash jarayonida tarixiy obidalar, qadimiy ko‘chalar va milliy me’morchilik namunalarini bevosita kuzatib, ularning badiiy yechimini rangtasvir va kompozitsiya qonuniyatlari asosida aks ettirmoqda. Shuningdek, ular yorug‘lik va soya munosabatlari, rang uyg‘unligi hamda fazoviy tasvirlash usullarini amaliy jihatdan mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bu kabi plener amaliyotlari talabalarning ijodiy tafakkurini rivojlantirish, milliy madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda kelajakdagi professional faoliyati uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

photo_2026-06-02_15-07-22.jpg

photo_2026-06-02_15-07-26.jpg

photo_2026-06-02_15-07-28.jpg

photo_2026-06-02_15-07-32.jpg