Yakunlanayotgan hafta davomida institutimiz talabalari “Talabalar ligasi” sport musobaqalarining 2-hududiy bosqichida faol ishtirok etib, o‘z iqtidori va sport mahoratlarini namoyish etdilar.
Ushbu bosqichda institutimiz vakillari shaxmat va kurash sport turlari bo'yicha bellashib, yuqori darajadagi tayyorgarlik va o'z mahoratlarini ko‘rsatdilar. Talabalarimiz shaxmat musobaqalarida strategik fikrlash va mantiqiy yondashuvlarini namoyon etib, navbatdagi turga o'tgan bo‘lsalar, kurash bahslarida esa kuch, epchillik va chidamliliklarini ko'rsatib faol ishtirok etishdi.
“Talabalar ligasi” doirasidagi musobaqalarning 2-hududiy bosqichi davom etadi. 2-bosqichda ishtirok etayotgan talabalarimizga omad yor bo'lsin!