Bugun institutimizning Tasviriy san’at fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari uchun “Mahorat” laboratoriyasi loyihasi doirasida amaliy uchrashuv va seminar tashkil etilib, unda "FOM GROUP" kompaniyasining Tashkilotni rivojlantirish bo‘yicha menejeri Malik Valixodjaev talabalarimizga zamonaviy mehnat bozori talablari, shaxsiy brendni shakllantirish hamda professional rivojlanish strategiyalari yuzasidan o‘zining boy tajribasi va muhim tavsiyalarini ulashdi.
Seminar jarayonida talabalarga ishga joylashishda zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar, o‘zini mehnat bozoriga to‘g‘ri taqdim etish va portfolio yaratish, kreativ sohada raqobatbardoshlikni oshirish yo‘llari bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.
Mazkur uchrashuv bitiruvchi yoshlar uchun nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki real hayotiy tajriba asosida kasbiy yo‘lini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu kabi amaliy muloqotlar yosh ijodkorlarning professional shakllanishida, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashida muhim o'rin tutadi.